AUDITOR TAShKILOTI TANLOVI
Auditor tashkilotlari diqqatiga!
“JIZZAX HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI” AKSIYADORLIK JAMIYATI
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining 2021 yil yakuni bo‘yicha auditorlik faoliyatining milliy standartlari, Xalqaro audit standartlari (XAS), Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHSga) muvofiq трансформatsiяси, SMK, SYK va ularning bajarilishi foizlarining hisoblangan miqdorini tekshirish bo‘yicha, shuningdek, korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash bo‘yicha tashqi auditni o‘tkazish uchun shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘lish uchun auditor tashkilotlarini tanlovda qatnashishga taklif etadi.
Tanlovda qatnashish uchun da’vogarlar 2022 yilning 24 fevralidan 2022 yilning 10 martigacha “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatiga (“etender.uzex.uz”- elektron saytida) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- tegishli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi;
- davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
- auditor tashkilotining faoliyati (fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi polisi, auditorlarining malaka sertifikatlari, shuningdek, ustav fondi haqidagi ma’lumot, auditorlik faoliyatidagi mutaxassislarning malakasini, ish tajribasini, faoliyat muddatlarini va o‘tkazgan amaliyot (operatsiya)lari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan rezyume, ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlari miqdori va boshqalar) haqidagi ma’lumotlar.
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasisiga va sug‘urta polisiga ega bo‘lgan, shuningdek uch yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga va auditorlik xizmatlari bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun zaruriy xodimlarga ega bo‘lgan audit tashkilotlari qatnashishlari mumkin.
Tanlovda (tenderda) qatnashish bo‘yicha tijorat takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi: “etender.uzex.uz”- elektron saytida.
Jamiyatning manzili: 130106, Jizzax sh., Navro‘z mahallasi, Bog‘zor ko‘chasi-60 uy, jamiyatning elektron manzili info@jizzaxhetk.uz, veb-sayt: (jizzaxhetk.uz).
Ma’lumot uchun tel.: (72)22-22719; faks: (72)22-23756.